YARIM YILLIK FAOLIYAT TAHLILLARI

Namangan viloyati sudida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan anjumanda Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmanov sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, 2024 yilning o‘tgan davrida ko‘rilgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy ishlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili, huquqiy targ‘ibot tadbirlari hamda sohaga oid boshqa ma’lumotlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.  

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish, odil sudlovni ta’minlash, qonuniylik va adolat barqarorligiga erishish borasida o‘zlarini qiziqtirgan  savollar bilan murojaat qildilar. Ularning savol, taklif, fikr-mulohazalariga sud raislari va sudyalar batafsil javoblar berishdi.

Shundan so‘ng, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Namangan viloyati sudi bilan yaqindan hamkorlik qilib, sud-huquq sohasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga o‘z hissasini qo‘shgan jurnalistlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyati sudi axborot xizmati