HAMKORLIKDAGI AMALIYOT

Sud hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishi fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ularning manfaatlarini kafolatli himoya qilishda muhim o‘ringa ega.


Ayni jihatdan, Namangan viloyati ma’muriy sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasida tashkil etilgan amaliy seminar ham sud hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirishga bag‘ishlandi.


Unda viloyat ma’muriy sudining sudyalari, majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdilar.

Muloqotlarda asosiy e’tibor sud qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ijro hujjatlarini qaytarilishiga sabab bo‘layotgan omillarni o‘rganish va ularga barham berishga qaratildi.

  

Mazkur masalalar yuzasidan sudyalar, majburiy ijro byurosi xodimlarining amaliyotda uchrayotgan holatlar bo‘yicha ma’ruzalari eshitildi. Yakunda ijro samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash maqsadida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda sud qarorlari ijrosini vaqtida ta’minlanishiga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni qonun doirasida bartaraf etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.