O’ZARO TAJRIBA ALMASHILDI
Namangan viloyati sudlarida faoliyat olib boruvchi axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari hamda sudya yordamchilari IT-Park Namangan viloyati filialida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Bugun Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarni raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ham “Raqamli sud” konsepsiyasini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IT-Parkda bo‘lgan sud xodimlari dastlab bu yerdagi shart-sharoitlar, IT kompaniyalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, soha mutaxassislari ishtirokida muloqot tashkil etildi. Unda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, ularning rivojlanishi, bugungi kunda keng tatbiq etilayotgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi. Sud xodimlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va savollar ularning ushbu sohadagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.






